Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Rosgvardiya generali Mirza Mirzayev qo‘lga olindi
Rossiya gvardiyasi moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari Mirza Mirzayev harbiy sud tomonidan 2025 yil 2 yanvarga qadar hibsga olindi, deb yozadi TASS. Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, general ta’minotchilardan biridan 140 million rubl pora talab qilgan.

Mirza Mirzayev Foto: rosguard.gov.ru
Moskva harbiy sudi Rossiya gvardiyasi moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari, general-mayor Mirza Mirzayevni poraxo‘rlik ishi bo‘yicha hibsga oldi. Bu haqda TASS Rossiya davlat axborot agentligi 3 noyabr, yakshanba kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib xabar berdi. Mirzayev 2025 yilning 2 yanvarigacha hibsda saqlanadi.
Rossiya xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Mirzayev yig‘ma binolar uchun modul yetkazib beruvchidan 140 million rubl talab qilgan. Aks holda, general yetkazib beruvchiga 480 million rubllik shartnomani bekor qilish bilan tahdid qilgan. Mash yozishicha, kompaniya Mirzayevga vositachi orqali pul o‘tkazib bergan, keyinchalik u ham qo‘lga olingan.
Sentyabr oyi oxirida Rossiya harbiy sudi Rossiya gvardiyasi aviatsiya-texnik xizmatining sobiq rahbari, polkovnik Oleg Gamayunovni hibsga oldi. U juda katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda, deb yozadi RBK. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Gamayunov budjet mablag‘larini o‘g‘irlash uchun yaratilgan uyushgan jinoiy guruhning bir qismi bo‘lgan, dedi Davlat dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari Aleksandr Xinshteyn.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
-
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi
Jahon | 18:40
-
Navoiy shahrini zaharli tutun qopladi. Odamlar nafas olish imkonsizligini aytmoqda
O‘zbekiston | 18:22
Mavzuga oid

11:29 / 17.01.2024
Qrim ko‘prigiga dronlar hujumi: Rosgvardiya polkovnigi 6 yilga qamaldi

11:13 / 13.12.2023
Davlat dumasi Rossiya gvardiyasi haqidagi «feyklar» uchun jazo choralarini kiritdi

10:42 / 23.09.2023
ISW: «FSB» Rosgvardiyaning «Vagner» isyonidagi ishtirokini tekshirmoqda

08:33 / 27.07.2023