Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektromototsikl Afrika bo‘ylab quyosh energiyasida 6 ming kilometr yo‘l bosib o‘tdi
Safar davomida mototsikl akkumulyatorlari qo‘shimcha transport vositasida tashilgan quyosh panellari yordamida quvvatlantirilgan.

Foto: Lewis Seymour
Roam elektromototsikli faqat quyosh energiyasidan foydalangan holda 6 ming kilometrlik masofani bosib o‘tdi. CNN’ning yozishicha, 17 kun davomida mototsiklda Nayrobi, Keniya, Stellenbos, Janubiy Afrika hududlari kezib chiqilgan.
Elektromototsikl yordamida sayohat qilish bo‘yicha rekord AQShda 42 kun davomida bosib o‘tilgan 25 ming kilometrli masofa tashkil etishiga qaramay, Roam mazkur natija qayta tiklanuvchi energiyadan uzoq masofalarga sayohat qilishda foydalanish mumkinligini isbotlashiga umid qilmoqda.
Safar davomida mototsikl akkumulyatorlari qo‘shimcha transport vositasida tashilgan quyosh panellari yordamida quvvatlantirilgan. Elektromototsikl quvvat olish uchun to‘xtaganida o‘z akkumulyatorini yangisiga almashtirib keta olgan.
«Biz Afrika davlatlari bo‘ylab Sahroi Kabirning janubiga quvvatlantirish infratuzilmalarisiz ham sayohat qilib bo‘lishiga oid ko‘plab shubhalarni sindirishni istadik. Roam nuqtai nazaridan, «qayerga xohlasang hayda, istagan joyingda quvvatlantir» g‘oyasi to‘g‘ri ekanini isbotlashni xohladik», — deydi safar ishtirokchilaridan biri Masa Kituyi.
Jamoa o‘z sayohati davomida duch kelgan eng katta muammo — bu ob-havo. Ular bulutlar quyoshni to‘sib qo‘ygani uchun ba’zida yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.
Safar davomida Roam Air mototsikli bir martalik quvvat bilan uzoq masofaga harakatlanish bo‘yicha rekordini yangilagan — bitta batareya yordamida 113 kilometr. Oxirgi kuni esa u 1000 kilometr masofani 18 soatdan kamroq vaqt ichida bosib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

15:51 / 03.08.2024
Issiq suvdan xarajatsiz foydalanish mumkinmi? Quyosh suv isitkichlari haqida

21:55 / 03.08.2023
Xitoy kompaniyasi Andijon viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

19:02 / 26.06.2023