Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Hindiston kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindistonning «Krishna Grupp» kompaniyasi rahbari Asvat Kumar Reddi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: TIV
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik va uni yanada mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi biznes aloqalarni kengayishiga shart-sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Asvat Reddi O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik yuqori darajada tashkil etilganini e’tirof etdi.
Mavzuga oid

00:10
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025