Jahon | 14:10 / 26.10.2024
1654
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada bir haftada 140 nafar terrorchi va qurolli to‘da a’zolari yo‘q qilindi

Operatsiyalar davomida, shuningdek, avvalroq to‘lov undirish maqsadida o‘g‘irlab ketilgan 76 kishi ozod etildi.

Foto: AFP

Nigeriyada «Boko Haram» Boko va ISWAP (IShID terror tashkilotining G‘arbiy Afrika bo‘limi) terror tashkilotlariga qarshi amaliyotlar chog‘ida bir haftada 140 kishi zararsizlantirildi.

Bu haqda Nigeriya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Edvard Buba mamlakatda kuchayib borayotgan xavfsizlik muammolariga qarshi kurashishga bag‘ishlangan haftalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Buba hafta davomida mamlakatning turli mintaqalarida terror tashkilotlari va qurolli to‘dalarga qarshi amaliyotlar o‘tkazilganini qayd etdi.

Unga ko‘ra, amaliyotlar davomida 140 nafar terrorchi va jinoiy guruh a’zolari yo‘q qilingan, yana 135 kishi qo‘lga olingan.

Buba, shuningdek, amaliyotlar davomida to‘lov undirish maqsadida ilgari o‘g‘irlab ketilgan 76 kishi qo‘yib yuborilganini aytdi.

Mavzuga oid