10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
Musayevna Hadicha Jafarova 2011-2013 yillarda O‘zbekiston bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan, 2014 yilda qidiruvga berilgan. U jinoiy uyushma tashkil etish, o‘zgalar mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi qator jinoyatlarda gumonlanmoqda.

Foto: Istanbuldagi bosh konsulxona
Bir qancha jinoiy ishlarda ayblanib, O‘zbekiston hukumati tomonidan qidiruvga berilgan Musayevna Hadicha Jafarova Turkiyada qo‘lga olindi, deya xabar qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi.
1951 yilda tug‘ilgan ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan va bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
U 2011–2013 yillarda O‘zbekistonda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, o‘zgalar mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, 2014 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi
Jahon | 13:54
-
Yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni gazga ulashda muammolar yuzaga kelyapti
O‘zbekiston | 13:53
-
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 13:34
-
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 13:30
Mavzuga oid

22:41 / 04.07.2025
Turkiya va Belgiya Ukraina uchun «dronlar koalitsiyasi»ga qo‘shildi

08:55 / 04.07.2025
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi

21:28 / 03.07.2025
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi

08:29 / 02.07.2025