Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Namanganda temiryo‘l terminali qurishni rejalashtirmoqda
U Chust tumanida joylashadi. Loyiha qiymati 50 million dollar bo‘lib, past haroratli omborxonalar va yo‘lovchilar uchun temiryo‘l terminali barpo etiladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Janubiy Koreyaning Ecofarm Global Co. kompaniyasi rahbari Lim Sang Hva bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikki yirik loyiha muhokama qilindi.
Birinchi loyiha Namangan—Toshkent yo‘nalishida zamonaviy Karvonsaroy, savdo markazi, restoran, dam olish maskani va avtoturargoh barpo etishni o‘z ichiga oladi. Loyiha Chust tumanidagi “Farg‘ona halqa avtomobil yo‘li A-373” hududida 7 gektar maydonda amalga oshiriladi.
Loyihaning qiymati 5 million dollar bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. Markaz yiliga 100 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va natijada 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyiha 2025 yilning to‘rtinchi choragida ishga tushishi kutilmoqda.
Ikkinchi loyiha esa zamonaviy logistika markazi va temiryo‘l terminali qurishdan iborat. Bu loyiha Namangan viloyati Chust tumanidagi “Namangan erkin iqtisodiy zonasi”da 10 gektar maydonda joylashadi.
Loyiha qiymati 50 million dollar bo‘lib, past haroratli omborxonalar va yo‘lovchilar uchun temiryo‘l terminali barpo etiladi. Bu markaz yiliga 100,0 ming tonna mahsulotni saqlash quvvatiga ega va 100 ta ish o‘rni yaratiladi.
Loyihaning birinchi bosqichi 2025 yilning to‘rtinchi choragida, ikkinchi bosqichi esa 2026 yilning to‘rtinchi choragida ishga tushadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)
Jamiyat | 11:56
-
London va Parij yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi
Jahon | 11:53
-
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 11:33
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
Mavzuga oid

07:51 / 08.07.2025
O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi faxriy maslahatchisi tayinlandi

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

22:38 / 10.06.2025