Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba ketma-ket ikkita blekaut fonida to‘fonga tayyorlanmoqda
Elektr ta’minotidagi uzilishlar davom etayotgan bir paytda, Kuba kuchli «Oskar» to‘foni orolning sharqidan o‘tishiga tayyorlanmoqda.

Foto: Antonio Levi / AFP / Scanpix / LETA
Kuba butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotidagi uzilishlar davom etayotgani fonida «Oskar» to‘foni kelishiga tayyorlanmoqda. Bu haqda 20 oktyabr, yakshanba kuni Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy hokimiyat idoralari to‘fon yaqinlashayotgani munosabati bilan «aholini va iqtisodiy resurslarni himoya qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni hozirdanoq sarflamoqda».
«Oskar» to‘foni Bahamaga yopirilgan va endi Kubaga yetib borishi kutilmoqda
«Oskar» to‘foni Bahama orollaridagi Greyt Inagua oroliga yetib borgan va AQSh Milliy to‘fonlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 20 oktyabr kuni tushdan keyin sharqiy Kubaga yetib borishi kutilmoqda.
«Oskar» Atlantika okeanida shakllangani xabar qilinyapti. Uning tezligi taxminan 130 km/soat.
Kubada millionlab aholi IESdagi avariya tufayli elektrsiz qolmoqda
Kubadagi millionlab kishilar mamlakat bosh issiqlik elektr stansiyasidagi nosozlik tufayli elektr energiyasiz qolmoqda.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktyabr kuni Matanzas shahridagi «Antonio Giteras» issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya deyarli butun mamlakatni elektr energiyasidan uzib qo‘ygan.
Rasmiylarning xabar berishicha, qizg‘in ishlardan so‘ng elektr energiyasi mamlakatning ayrim hududlariga, xususan, poytaxt Havanaga yetkazib berila boshlangan. Biroq, mamlakatning 80 foizi elektr ta’minotisiz qolmoqda, ba’zi shaharlarda 30 soatdan ko‘proq vaqt davomida uzilishlar mavjud.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarda Havanadagi Xose Marti xalqaro aeroporti to‘liq qorong‘ilikda aks etgan.
Energetika sektori vakillari Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel raisligida yig‘ilib, mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha keyingi qadamlarni baholashdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11 / 09.07.2025
-
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi
Jahon | 23:09 / 09.07.2025
Mavzuga oid

13:41 / 26.06.2025
Fransiyaga to‘fon yopirildi. Halok bo‘lganlar bor

13:32 / 10.05.2025
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti

19:00 / 25.01.2025
Britaniya va Irlandiyada to‘fon tufayli mingdan ortiq reyslar bekor qilindi

09:15 / 15.01.2025