Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Venesuela prezidentining so‘zlariga ko‘ra, iyul oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridan keyin Ilon Mask davlat to‘ntarishiga urinish uchun kamida 1 milliard dollar sarflagan.

Foto: Getty Images
Amerikalik biznesmen Ilon Mask joriy yilning iyulida Venesuelada o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridan keyin davlat to‘ntarishiga urinish uchun kamida 1 milliard dollar sarflagan. Bu haqda respublika prezidenti Nikolas Maduro Venezolana de Television telekanali efirida ma’lum qildi.
Venesuela yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar muxolif yetakchi Mariya Korina Machado tomonidan taqsimlangan. U o‘z navbatida, terrorchilik guruhlarini moliyalashtirish bilan shug‘ullangan.
«Mask mag‘lubiyatga uchradi», — deydi Maduro. Venesuela prezidentining aytishicha, davlat to‘ntarishi rejasi amalga oshmagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat to‘ntarishiga urinish ortida «AQSh hukumati turibdi».
Avgust oyida Nikolas Maduro X ijtimoiy tarmog‘i ko‘p marotaba mamlakat qonunchiligini buzganini, shu boisdan Venesuelada uning faoliyati to‘xtatilganini ma’lum qilgandi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq nafrat, fashizm, fuqarolar urushi, venesuelaliklar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni qo‘zg‘atib, Venesuelaning barcha qonunlarini buzgan.
Avvalroq Venesuela hukumati Nikolas Maduro saylovlarda g‘alabaga erishganini e’lon qilganidan keyin o‘nlab jurnalist va faollarning xorijga chiqish pasportlarini bekor qilgandi.
Mavzuga oid

14:44
Serbiyada 6 kishi davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanib hibsga olindi

20:46 / 24.06.2025
Armaniston bosh vaziri Pashinyan davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganini e’lon qildi

12:28 / 22.06.2025
Neuralink chipi o‘rnatilgan erkak bir haftada fikr kuchi orqali videoo‘yin o‘ynashni o‘rganib oldi

17:26 / 11.06.2025