Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan shimolidagi qishloqqa zarba: o‘nlab qurbonlar bor
Isroilning Livan shimoliga yo‘llagan aviazarbasi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat hukumati.

Foto: Anadolu/Getty Images
Livan sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, zarba asosan xristianlar istiqomat qiluvchi Aytu qishlog‘iga yo‘llangan.
Bu hudud Bayrutdan va Isroil armiyasi zarba berib kelayotgan boshqa joylardan ancha uzoqda joylashgan.
Voqea joyidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida yaqinda Livan janubidan ko‘chib kelgan oila joylashgan turar joy binosi butkul vayron bo‘lgan.
Isroil bu zarba yuzasidan izoh bermadi, ammo dushanba kuni mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu «butun Livan bo‘ylab „Hizbulloh“ga zarbalar berilishi davom etishi»ni va’da qilgandi.
U Isroil shimolida, «Hizbulloh» droni zarbasi oqibatida isroillik to‘rt nafar harbiy halok bo‘lib, o‘nlab kishi jarohatlangan harbiy bazaga tashrifi vaqtida shunday bayonot bergan.
Bu so‘nggi yil davomida Livandagi guruhning Isroilga qilgan eng jiddiy hujumi bo‘ldi.
Guruh vakillariga ko‘ra, hujum Livan bo‘ylab berilayotgan va qariyb 1700 kishi hayotiga zomin bo‘lgan aviazarbalarga javoban amalga oshirilgan.
Bu vaqtda Isroil hukumati «Hizbulloh» droni qanday qilib havo hujumidan mudofaa tizimlarini chetlab o‘tgan holda Hayfa shahri janubidagi bazaga zarba berganiga oydinlik kiritmoqchi.
Times of Israel nashri tergovning dastlabki ma’lumotlariga tayanib yozishicha, «Hizbulloh» O‘rta yer dengizi tomondan ikkita dron uchirgan.
Ularning ikkisi ham Isroil radarlari kuzatuvida bo‘lgan va bittasi Hayfadan shimolda, sohil hududida urib tushirilgan, ammo ikkinchisi, katta ehtimol bilan, juda past uchgani tufayli radarlardan yo‘qolgan.
«Hizbulloh» agar Isroil Livandagi amaliyotini davom ettirgudek bo‘lsa, jiddiyroq zarbalar yo‘llash bilan tahdid qilgan.
Isroil mudofaa armiyasi dushanba kuni kechqurun jangarilar kun davomida Isroil tomonga 115 ta snaryad otgani haqida xabar bergan.

Livan shimolidagi Aytu qishlog‘i aholisi jurnalistlar bilan suhbatda zarbadan oldin hech qanday ogohlantirish bo‘lmagani va faqat bir marta kuchli portlash ovozi eshitilganini aytishgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, janubdagi harbiy harakatlar tufayli qishloqqa bir necha oila ko‘chib kelgan, zarbaga uchragan uy esa ikki hafta oldin shunday oilalardan biriga ijaraga berilgandi.
Bu uyda yashaganlar kimligi — noma’lum. Zarba shu qadar kuchli bo‘lganki, jasad qoldiqlari orqali qurbonlarning shaxsiga oydinlik kiritish uchun DNK analizlari talab etiladi, degan mahalliy rasmiylar.
Livan maxsus xizmatlaridagi manba AFP nashriga xabar berishicha, binoga «bu yerga avtomobildagi kishi kelganidan keyin zarba berilgan».
Livan nashrlari, xususan, Voice of Lebanon radiosi qurbonlar orasida yaqinda Livanning janubiy chegarasi yaqinida yashovchi qarindoshlari bilan birga ko‘chib kelgan «Hizbulloh» a’zosi bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03
Mavzuga oid

20:17
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi

22:44 / 23.07.2025
Isroil parlamenti O‘rdun daryosi g‘arbiy sohilini anneksiya qilishni ma’qulladi

20:50 / 23.07.2025
Gumanitar tashkilotlar G‘azoda ommaviy ocharchilik bo‘lishidan ogohlantirmoqda

16:52 / 23.07.2025