Oshkora qotillik – Buxoroda erkak hammaning ko‘z o‘ngida ikki kishini pichoqladi
Holat 13 oktyabr kuni tushda Kogon shahrida sodir bo‘lgan. 53 yoshli erkakning hujumidan so‘ng yigit og‘ir jarohat olib, shifoxonada vafot etgan. Qotil protsessual tartibida ushlangan.

Foto: Videodan kadr
Kogon shahrida erkak 61 yoshli ayol va 29 yoshli yigitni ko‘chada, hammaning ko‘z o‘ngida pichoqladi. Bunga ular o‘rtasida ilgaridan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, holat kecha, 13 oktyabr kuni soat taxminan 13:10 da sodir bo‘lgan. 1971 yilda tug‘ilgan A.G. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tanishlari – 1963 yilda tug‘ilgan N.A. hamda 1995 yilda tug‘ilgan U.D.ni qasddan o‘ldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan.
Buning oqibatida U.D. og‘ir tan jarohatlari olib, shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Ayolga esa hozirda shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2 - qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:27 / 14.06.2025
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

00:21 / 07.06.2025