Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada vikinglar davriga tegishli 50 ga yaqin skelet topildi
Arxeologlar vikinglar davriga tegishli muhim topilmaga duch keldi. Skelektlar tuproqning o‘ziga xos tarkibi, xususan, bor va yuqori darajadagi suv sabab yaxshi saqlanib qolgan.

Daniya markazidagi qishloqlarning birida arxeologlar vikinglar davriga tegishli muhim topilmaga duch keldi. Associated Press’ning yozishicha, arxeologlar juda yaxshi saqlangan 50 ga yaqin skeletni topishga muvaffaq bo‘lgan.
«Bu juda hayajonli topilma, chunki biz yaxshi saqlangan skeletlarni topdik. Odatda qadimiy qabrlardan bir nechta tishni topsak ham xursand bo‘lamiz, bu holatda esa butun boshli skeletlar», — deydi arxeolog Mixael Borre Lundyo.
Qayd etilishicha, skelektlar tuproqning o‘ziga xos tarkibi, xususan, bor va yuqori darajadagi suv sabab yaxshi saqlanib qolgan. Qazishma ishlari o‘tgan yili elektr tarmoqlarini rejali tekshiruvdan o‘tkazish davomida aniqlangan.
Ekspertlar DNKni tahlil qilish, shuningdek, vikinglar davrining qarindoshlik, migratsiya va boshqa ijtimoiy modellarini o‘rganishga umid bildirmoqda. «Bu yangi ilmiy kashfiyotlar uchun mutlaqo o‘zgacha vosita. Barcha skeletlarning DNKsini tahlil qilib, ularning bir-biriga bog‘ligini, qayerdan kelib qolganini aniqlay olishimizga umid qilaman», — deydi Lundyo.
Vikinglar VIII asr oxiri — XI asr o‘rtalarida Yevropa mamlakatlariga dengiz yo‘li orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroqchilik va bosqinchilik yurishlari qilgan skandinavlar. Ular Shimoli-sharqiy Angliya, Shimoliy Fransiyani bosib olgan va Shimoliy Amerikaga qadar yetib borgan.
Maydoni 2 ming metr kvadratga yetadigan qabristonga ayol va erkak vikinglar dafn etilgan. Skeletlardan tashqari yana bir necha insonning jasadi krematsiya qilingan. Arxeologlar, shuningdek, qabrlar ichidan tumor, marjon, pichoqlar va hatto kichik shisha bo‘laklarini ham topgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy O‘zbekiston hududida data markazlar qurishi mumkin
O‘zbekiston | 14:26
-
Germaniya Zarafshon daryosi havzasida zamonaviy sug‘orish tizimini joriy etadi
O‘zbekiston | 14:25
-
Minval AZAL samolyoti halokatining yangi tafsilotlarini ma’lum qildi
Jahon | 14:23
-
HAMAS bilan muzokaralardan chiqqan AQSh, Osiyoda yangi to‘qnashuv va Falastinni tan olmoqchi bo‘lgan Fransiya – kun dayjesti
Jahon | 13:59
Mavzuga oid

11:21 / 09.07.2025
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak

14:23 / 05.07.2025
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi

23:15 / 01.07.2025
Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni qaytardi

15:23 / 01.07.2025