Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya kompaniyalari migrantlar yetishmovchiligidan ommaviy shikoyat qilmoqda
Rossiyaga keladigan migrantlar oqimi koronavirus pandemiyasi davrida qisqarib ketdi va 2022 yilda Ukrainaga qarshi boshlangan urushdan keyin hali ham o‘nglanmadi.

Foto: RIA Novosti
Rossiyadagi kompaniyalarning yarmidan ko‘pi (53 foiz) chet ellik ishchi kuchlari yetishmayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi The Moscow Times.
Qayd etilishicha, eng ko‘p talab quruvchilarga (35 foiz), xizmat ko‘rsatish (25 foiz) hamda ishlab chiqarish sohasi (23 foiz) xodimlariga mavjud.
Rossiya kompaniyalarida asosan MDH va YeOII mamlakatlaridan bo‘lgan fuqarolar ishlaydi — 48 foiz. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Osiyo (Xitoy, KXDR, Vetnam, Tailand, Kamboja), Afrika (JAR, Nigeriya, Zimbabve) hamda Yaqin Sharq (BAA, Iordaniya, Isroil) davlatlaridan kelib ishlaydigan ishchilar soni 10 foizni tashkil etadi.
Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda kompaniyalarning uchdan ikki qismi mehnat muhojirlarini jalb qilishda qiyinchilikka duch kelayotganini ma’lum qilgan. Ularning 56 foizi asosiy muammo sifatida mehnat bozorida kerakli mutaxassislar yo‘qligini aytgan bo‘lsa, 38 foizi lavozimga nomzodlar rus tili bo‘yicha imtihonlarni topshira olmayotganini bildirgan. Deyarli har beshta kompaniyadan bittasi ishchilarni yollashga qo‘yilgan cheklovlardan shikoyat qilgan.
Rossiyaga keladigan migrantlar oqimi koronavirus pandemiyasi davrida qisqarib ketdi va 2022 yilda Ukrainaga qarshi boshlangan urushdan keyin hali ham o‘nglanmadi. 2023 yilda Rossiya mehnat bozoridagi migrantlar soni qariyb 3,5 million kishini tashkil etgan — bu 2019 yilgi ko‘rsatkichdan 1 million kishiga kam demak.
Moskvaning «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan so‘ng Rossiya hukumati migratsiya siyosatini keskinlashtirdi. Birinchi navbatda Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga qarshi turli choralar ko‘rmoqda. Xavfsizlik kuchlari muntazam ravishda noqonuniy migrantlar ishlashi mumkin bo‘lgan korxonalarda reydlar o‘tkazadi, deputatlar va mansabdor shaxslar migrantlarga qarshi bayonotlar bilan chiqadi. Davlat Dumasi Rossiyadagi migrantlar hayotini sezilarli darajada murakkablashtirishga qaratilgan bir nechta qonun loyihalarini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, yangi qoidalar bunday odamlarning huquqlariga tubdan ta’sir qiladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi
Turizm | 09:47
-
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi
Jahon | 09:45
-
Olib kirilayotgan biologik faol qo‘shimchalarda giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanadi
O‘zbekiston | 09:20
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
Mavzuga oid

08:46
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

07:41
Rossiyada amaldorlarga Max davlat messenjeriga o‘tish uchun bir oy vaqt berildi

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025