Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reimbursatsiya dasturi asosida berilgan dorilarning qiymati budjetdan qoplanadi
Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi.

Foto: Getty Images
Hukumat qarori bilan «Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan bemorlarni ambulator sharoitda davolanishi uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash (reimbursatsiya) tartibi belgilandi.
Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis bo‘yicha uchtagacha dori vositasi ko‘rsatilishi mumkin.
Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kalendar kunni tashkil qiladi.
Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangandan so‘ng axborot dasturi orqali Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.
Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo‘yicha sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
-
Xitoy Yevropadan nega norozi?
Jahon | 20:09
Mavzuga oid

21:34 / 21.07.2025
“Boy davlatlarning qolipini bizga qo‘llab bo‘lmaydi” - faollar pensiya islohoti haqida

15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi

17:12 / 24.04.2025
Chilonzorda yangi piyodalar yo‘lagi ustidan «bruschatka» to‘shalmoqda

12:28 / 11.04.2025