Sirdaryoda Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
U fuqaroga boshqarma tasarrufida bo‘lgan 1,5 gektar yerga shartnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr
Sirdaryo viloyatida yer rasmiylashtirib berishni aytib pul olgan mas’ul shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Guliston shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Guliston suv inshootlari va Do‘stlik kanali boshqarmasi yer kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqarolarning biriga Do‘stlik kanali yoqasida joylashgan boshqarma tasarrufida bo‘lgan 1,5 gektar yerni kelgusida shartnoma asosida rasmiylashtirib berish evaziga 500 dollar olayotganda ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi

17:39 / 28.02.2025