Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
Facebook asoschisi Metaverse loyihasini ishga tushirganida o‘z kapitalining 100 milliard dollaridan ayrilishi mumkin edi.

Foto: Bloomberg
Meta kompaniyasi asoschisi Mark Tsukerbergning boyligi Metaverse loyihasi ishga tushirilganidan beri olti barobarga oshib, 201 milliard dollarga yetdi, deb xabar beradi Bloomberg.
Qayd etilishicha, Tsukerbergning shaxsiy boyligi birinchi marta 200 milliarddan oshgan. U dunyoning eng badavlat 500 insoni ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan — Tsukerbergdan yuqori pog‘onalarda Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask, Amazon asoschisi Jyeff Bezon va LVHM guruhi egasi Bernar Arno joylashgan.
Biznesmenning boyligi asosan Meta Platforms Inc. aksiyalarining rekord darajadagi narxi sabab oshgan. Buning natijasida Tsukerbergga tegishli aktivlarning sof qiymati 2 yildan kamroq vaqt ichida qariyb olti barobar oshgan.
Yil boshidan beri Meta Platforms Inc. aksiyalarining qiymati o‘tgan yilga nisbatan 60 foizga o‘sgan. 28 sentabr kuni har bir qimmatli qog‘oz 568,95 dollardan sotilgan.
Tsukerberg Meta Platforms Inc.ning13 foiziga egalik qiladi, shu sababli 1 yanvardan boshlab uning boyligi 73,4 milliard dollarga oshgan.
Nashrning eslatishicha, Tsukerbergning Metaverse’ni yaratish va barcha mahsulotlarini unda birlashtirish g‘oyasi aksiyalar qiymatining keskin tushib ketishiga sabab bo‘lgan. O‘shanda Tsukerberg o‘z kapitalining 100 milliard dollaridan ayrilishi mumkin edi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i bazasida metaolamning yaratilishi to‘g‘risida 2021 yilning iyulida e’lon qilingan. O‘sha yilning oktyabrida ushbu ijtimoiy tarmoq, Instagram, WhatsApp va boshqa servislarga egalik qiluvchi Facebook Inc. korporatsiyasi o‘z nomini Meta’ga o‘zgartirgan edi.
Avvalroq amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Tadqiqotchilar Maskning boyligi har yili o‘rtacha 110 foizga oshayotganini hisobga olgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
-
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

21:34 / 14.07.2025
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi

16:39 / 12.04.2025