Farg‘onada erkak qarindosh ayolni do‘pposladi
Holat IIB tomonidan nazoratga olingan, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida yashovchi erkak ayolni do‘pposlab xo‘rlayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 27 sentabr kuni Oltiariq tumani Sharq mahallasida o‘zaro qarindosh bo‘lgan erkak va ayol o‘rtasida kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.
Mazkur holat shu kunning o‘zida Oltiariq tuman IIB tomonidan ro‘yxatga olinib, ayolning tan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
“Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid

17:15 / 06.05.2025
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila

11:00 / 04.05.2025
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya

16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi

17:57 / 07.03.2025