Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
Uning fikricha, Akayev xususiylashtirish dasturining borishini nazorat qila olmadi, qishloq xo‘jaligini barbod qildi, shuningdek, o‘z vaqtida lavozimini tark etmadi.

Sadir Japarov va Asqar Akayev
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Kabar» axborot agentligiga bergan intervyusida Asqar Akayevning davlat rahbari sifatidagi uchta asosiy xatosini aytib o‘tdi.
Birinchidan, Akayev xususiylashtirish dasturining borishini nazorat qila olmadi. Oqibatda «hokimiyatda bo‘lgan ochko‘z davlat amaldorlari xalq mulkini talon-taroj qildilar». Ular zavodlarni vayron qilib, uskunalarni chet elga sotdi.
Ikkinchidan, Akayev davrida dehqonchilik barbod bo‘ldi. Biroq bunda o‘zi emas, balki sohaga rahbarlikni layoqatsiz odamga ishonib topshirgani tufayli aybdor.
«Qishloq xo‘jaligi masalasida Akayevning aybi yo‘q. Chunki Akayev agronom emas, olim. Qishloq xo‘jaligini vayron qilishda noqobil demagog vazirni ayblashimiz mumkin. U yerga marhum Jumgalbek Amanboyevdek kuchli vazirni tayinlash kerak edi. Asqar Akayevich kadrlar tanlashda xatoga yo‘l qo‘ydi», deb tushuntirdi Japarov.
Japarov Akayevning uchinchi va eng muhim xatosini Qirg‘iziston birinchi prezidentining o‘z lavozimini tark etishni istamagani deb atadi: «10 yillik boshqaruvdan so‘ng, u ketishi kerak edi». Japarovning tushuntirishicha, odamlar siyosatchi qanchalik oltin odam bo‘lmasin, uni uzoq vaqt ko‘rishdan charchashadi.
«Shuning uchun ham butun dunyoda prezidentlar bir muddatga 7 yil yoki ikki muddatga 4-5 yilga saylanadi degan qoida bor. Bu qoida tasodifan kiritilmagan. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inson uzoq vaqt prezident bo‘lib qolmasligi kerak», dedi Japarov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Asqar Akayev o‘z vaqtida ketib, vaziyatni xalq uni haydab chiqaradigan darajaga keltirmaganida edi, uning portreti prezidentlik qarorgohida birinchi bo‘lib taniqli shaxslar va davlat arboblari galereyasiga osilgan bo‘lar edi.
«Kecha Jogorku Kenesh Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarishdan bosh tortdi. Shuning uchun biz hammamiz o‘tmishdan saboq olishimiz va ozchilik ko‘pchilikka bo‘ysunishi kerak. Agar siz 99 ta yaxshilik qilsangiz va bitta xato qilsangiz, odamlar sizni kechirmaydi. Bu inson tabiati. Yaxshilik tez unutiladi, yomonlik esa hech qachon unutilmaydi», dedi Japarov.
Asqar Akayev Qirg‘izistonni 1992 yildan 2005 yilgacha boshqargan. Mamlakatda inqilob bo‘lib, Qurmanbek Bakiyev hokimiyatga kelgach, ag‘darilgan prezident va oila a’zolari Rossiyaga qochib ketdi. Moskvada u ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullandi.
Keyinchalik Qirg‘izistonda Akayevga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik, 1992 yilda «Kameko» kompaniyasi bilan bosh shartnoma tuzishda va 2003 yilda «Qumtor» loyihasini tasdiqlashda beparvolik qilganlik aybi qo‘yildi. So‘ngra, «sobiq prezident» maqomidan mahrum etildi.
Biroq, 2021 yil avgustida Akayev Qirg‘izistonga qaytib, «Qumtor» ishi bo‘yicha tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga ko‘rsatma berganidan so‘ng, u o‘z vatandoshlariga videomurojaat qilib, «Qumtor» loyihasi bo‘yicha qaror qabul qilishda xatolarini tan oldi va uzr so‘radi. 2023 yilda Aqayevga nisbatan jinoiy ta’qib qilish da’vo muddati o‘tgani sababli tugatildi.
Shu yil sentabr oyida Akayev Qirg‘iziston hukumatidan o‘ziga «sobiq prezident» maqomini qaytarishni so‘rab maktub yo‘llagan edi. 24 sentabr kuni deputatlar Asqar Akayevning iltimosini rad etishdi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
-
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
O‘zbekiston | 08:32
-
Elektr energiyasining texnologik sarf me’yorlari belgilanadi
O‘zbekiston | 08:03
-
Germaniya: HAMAS qurollarini tashlasa, G‘azodagi urush tugaydi
Jahon | 07:50
Mavzuga oid

19:26 / 01.08.2025
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi

18:40 / 31.07.2025
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

13:53 / 30.07.2025
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti

21:43 / 29.07.2025