Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida Tahoe’ni yuqori tezlikda haydagan bokschi jarimaga tortildi
Toshkent shahrida mashinasida soatiga 110 km/soat tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 3 mln 60 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzib, yuqori tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jarimaga tortildi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirib harakatlangan Tahoe avtomashinasi haydovchisi bilan profilaktik suhbat olib borildi.
«Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128 prim 3-moddasi 3-qismiga (transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborish) muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sportchi o‘zining Instagram sahifasiga tunda shahar markazida yuqori tezlikda harakatlanib ketayotgani aks etgan videoni joylashtirgandi. Mazkur video tarmoqlarda tarqalgach, o‘chirib tashlandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi
Jahon | 21:36
-
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi
Jahon | 21:32
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
Mavzuga oid

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

12:16 / 04.04.2025
Mo‘ydinxo‘jayev va Xoldorov jahon kubogini chorakfinaldayoq tark etdi

13:10 / 27.02.2025
Toshkentda bir oyda 100 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etildi

20:22 / 21.02.2025