Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi amalga oshiriladi
Dastur 2024 yil 1 noyabrdan “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Foto: Dmitriy Chistoprudov
“Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi
2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
Kambag‘allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to‘plangan milliy tajriba hamda ilg‘or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o‘zi va farzandlari kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Dastur 2024 yil 1 noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:
- barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;
- ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish;
- kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;
- ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
- yashash sharoitlarini yaxshilash;
- davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;
- davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini aytdi
Jahon | 21:22
-
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54
-
Prezident 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirishni buyurdi
O‘zbekiston | 20:44
-
«Ukraina mojarosi kutilganidan ertaroq muzlatilishi mumkin» – Polsha bosh vaziri
Jahon | 20:24
Mavzuga oid

19:23 / 24.06.2025
2024 yilda global boylik 305 trillion dollarga yetdi

10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi

16:14 / 27.11.2024
Mahallaning faol keksalariga har oy 577 ming so‘mdan to‘lanadi

11:19 / 20.11.2024