Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQShdagi uydan arzonroqqa tushdi
Ular bir gektarlik orol uchun 31 ming dollar to‘lagan, endi u yerda kottej qurishni rejalashtirmoqda.

Foto: New York Post
Talabalar Finlandiyadan orol sotib oldi, chunki bu AQShdan uy olish uchun to‘lanadigan garov puliga qaraganda arzonroqqa tushgan, deb xabar bermoqda New York Post.
24 yoshli Oliver Rassel kelib chiqishi tomondan ham Amerika, ham finlyandiyalik . U AQShda yashagan va har yozni Finlandiyada o‘tkazgan. 2022 yilda Rassel bepul ta’lim olish uchun Finlyandiyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi — u AQShda bu borada qiyinchiliklarga uchragandi.
Rassel 20 yoshli Helen Tomashevskiy bilan uchrashishni boshlagan. 2024 yil mart oyida juftlik o‘z yozgi uyini qurish g‘oyasini o‘yladi. Talabalar ko‘chmas mulk savdosi e’lonlari joylashtirilgan saytni ko‘zdan kechirayotganda, 36,57 ming dollarlik qariyb bir gektar orolni ko‘rib qoldi.
Yer 10 yildan beri bo‘m-bo‘sh yotgandi. Rassel orol egasiga 31 ming dollar taklif qildi va uni sotib oldi. Talabaning so‘zlariga ko‘ra, orolning narxi AQShdan uy olishda to‘lanadigan garov puliga qaraganda kamroq bo‘lgan. Iyun oyida juftlik o‘simlik va daraxtlar bilan qoplangan uchastkada yashay boshladi. Talabalar chodir o‘rnatib, o‘simliklarni kesishga tushdi.
“Biz kichik imorat qurdik, endi yuvinish xonasini qurishga urinyapman. Kelgusi yilda katta qurilish boshlanguncha yashashga qulay joy bo‘lishi uchun bazaviy lager qurishni o‘ylaganmiz”, — dedi Rassel.
Rassel va Tomashevskaya saunasi bor yozgi kottej qurishni rejalashtirmoqda. Talabalarda qurilish borasida hech qanday tajriba yo‘q. Juftlik bularning barchasi ular uchun “yangilik” ekanini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

20:09 / 09.07.2025
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi

22:49 / 27.06.2025
Yevroparlament Finlandiyaga Rossiya bilan chegarani yopishga ruxsat berdi

23:56 / 18.06.2025
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV

20:49 / 09.06.2025