Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
Suvaysh-Qohira trassasida avtobus bilan sodir bo‘lgan YTH natijasida Rossiya, Turkiya, Italiya, Misr va Britaniya fuqarolari jabrlangan. Sayyohlar turli darajadagi jarohatlar olgan.

Foto: RIA Novosti
Misrning Suvaysh-Qohira trassasida sayyohlik avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida 46 kishi jabrlandi, ulardan 21 nafari Rossiya, 11 nafari Turkiya, 9 nafari Italiya, 3 nafari Misr va ikki nafari Britaniya fuqarolari. Ular Suvaysh tibbiyot majmuasiga olib ketildi, deb xabar berdi Ahram Online.
14 sentabr kuni kechqurun avtobus ag‘darilib ketgan. Yaralangan misrliklar orasida sayyohlik kompaniyasi vakillari va haydovchi yordamchisi ham bor. Sayyohlar ekskursiyadan so‘ng Sharm ash-Shayxga qaytayotgan edi.
Kasalxona favqulodda holat rejimini e’lon qildi va jabrlanganlarga yordam berish uchun barcha tibbiyot xodimlarini chaqirdi.
Misr sog‘liqni saqlash vaziri vaziyatni kuzatmoqda
Misr sog‘liqni saqlash vaziri Xolid Abdel Gaffa vaziyatni shaxsan kuzatib borayotgani aytilmoqda.
Cairo 24 aniqlik kiritishicha, jabrlanganlarning jarohatlari yengildan o‘rtacha og‘irlikkacha. Suvaysh tergov idoralari favqulodda holat sabablarini o‘rganmoqda. ANSA ma’lumotlariga ko‘ra, yetti nafar italiyalikning ahvoli barqaror, ikki nafarining ahvoli og‘ir va reanimatsiyada. Jabrlanganlardan biri, 34 yoshli italiyalik ayol qo‘lidan ayrilish xavfi ostida.
Kasalxona politsiya tomonidan o‘rab olingan va faqat sayyohlar kelgan davlat xodimlari va diplomatlariga kirishga ruxsat berilgan.
Rossiya konsulligi xodimi Suvayshga jo‘nab ketdi
Rossiya elchixonasi Misrdagi baxtsiz hodisaga uchragan rossiyalik sayyohlar bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda va hodisa sabablarini aniqlashtirishda davom etmoqda. Ruslar turli darajadagi jarohatlar oldi. Barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ularning bir qismi Suvaysh kasalxonalariga yotqizildi, deya xabar beradi diplomatik missiya.
«Biz Rossiya fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatmoqdamiz, Suvayshga konsullik xodimi yuborildi», — deya qo‘shimcha qildi missiya.
Mart oyida Germaniya g‘arbidagi Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida yo‘nalishli avtobus avtobandan chiqib ketishi oqibatida 20 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi
Jamiyat | 10:40
-
Kamchatkada 8 balli zilzila yuz berdi
Jahon | 10:03
-
«Kiberpartizany»: «Aeroflot» tizimi himoyasi «zaif» edi
Jahon | 09:59
Mavzuga oid

15:47 / 24.07.2025
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

09:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Misr serhosil kartoshka navlarini yetishtirishni boshlaydi

09:03 / 03.07.2025
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin

14:11 / 22.06.2025