Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi
Noma’lum shaxslar «Omonqo‘ton» milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan maydonda «Taxti Qoracha» dovoni bilan bog‘lovchi yo‘l hosil qilgan.

Foto: Ekologiya va iqlim vazirligi
Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan «Omonqo‘ton» milliy tabiat bog‘iga noma’lum shaxslar bolalar dam olish oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qazish ishlarini amalga oshirgan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tezkor ishchi guruhi holatni o‘rgandi.
«Natijada qonunbuzarlar tomonidan bog‘ hududida texnikalar yordamida tekislash, kovlash ishlari olib borilgani va «Omonqo‘ton» milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan 869 metr kvadrat maydonda «Taxti Qoracha» dovoni bilan bog‘lovchi yo‘l hosil qilingani ma’lum bo‘ldi.
Buning oqibatida yo‘lda mavjud bo‘lgan 7 turdagi jami 64 tup daraxt va butalarga zarar yetkazilgan, shundan 27 tup daraxt va butalar tag qismidan kesilgan yoki qo‘porib olingan, qolgan 37 tup daraxt va butalar esa o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlangan. O‘simlik dunyosiga 67 mln 726 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, hududda olib borilgan yo‘l solish ishlari natijasida jami 2296 metr kvadrat yer maydonida mavjud Qizil kitobga kiritilgan, kamyob, kamayib borayotgan va noyob tur hisoblangan 12 turdagi 2 ming 591 tup o‘simliklar payxon qilinib, tabiatga 1 mlrd 48 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Umumiy hisobda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1 mlrd 115 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot kotibi Lola Rahmonboyevaning telegram kanalida 2-3 avgust kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan «Omonqo‘ton» milliy tabiat bog‘iga bir necha noma’lum shaxs bolalar dam olish oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qazish ishlarini amalga oshirgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
-
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi
Jahon | 09:08
-
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 08:47
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
Mavzuga oid

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

12:34 / 26.06.2025
Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025