Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram Fransiya politsiyasining so‘rovlariga javob berishni boshladi – Liberation
Pavel Durovning Parijda hibsga olinishidan so‘ng messenjer Fransuz politsiyasining yuridik so‘rovlariga javob berishni boshlagan. Mahalliy nashrga ko‘ra, Telegram politsiyaga – bolalar bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanuvchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar taqdim qilgan.

Foto: Getty Images
Gap politsiyaning tergovga aloqador muhim so‘rovlari, jumladan, bolalarga qarshi jinoyatlar haqida ketmoqda. Liberation nashri manbalariga ko‘ra, Telegram Fransiya politsiyasining voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi (OFMIN) so‘roviga ko‘ra, bir qancha tergov jarayonlarida gumonlanuvchini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlarni taqdim qilgan.
«Eshiklar rostdan ham ochilmoqda», — degan Parij prokuraturasi vakili Joanna Brus nashr bilan suhbatda. Ushbu ma’lumot Fransiyadagi barcha prokuraturalar orasida tarqalmoqda. Ularga Telegram bilan bog‘liq muzlatib qo‘yilgan jinoyat ishlari tergovini qayta boshlash tavsiya qilingan.
Ushbu tendensiya Belgiyada ham kuzatilgan. «Biz bir qancha vaqt davomida Telegram sud hokimiyati bilan hamkorlikka moyil bo‘lganini qayd etdik», — degan Belgiya federal prokuraturasi.
Telegram asoschisi Pavel Durov 24 avgust kuni Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. Prokuratura unga nisbatan vakolatli organlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish, pornografiya, giyohvand moddalar va hakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etish kabi qator ayblovlarni ilgari surgan.
28 avgust kuni Durov 5 million yevro miqdorida garov puli to‘lash va sud nazorati ostida qolish sharti bilan ozod etilgan. Unga Fransiyani tark etish taqiqlangan hamda Durov haftasiga ikki marotaba politsiyaga kelib-ketishi kerak.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

18:55 / 27.07.2025
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi

13:32 / 26.07.2025
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

09:46 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron

14:06 / 24.07.2025