Hisobot: Ko‘plab inqirozlar dunyo xavfsizligiga tahdid solmoqda
Germaniya 193 davlatdagi xatarlar xavfi tahlil qilingan navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Rossiya eng yuqori xavfga ega bo‘lgan o‘nta mamlakatlar qatoriga kirdi.

Foto: Sina Schuldt/dpa/picture alliance
Qurolli to‘qnashuvlar va epidemiyalar, birinchi navbatda, Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerika mamlakatlarida tabiiy ofatlarning og‘ir oqibatlari xavfini oshiradi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida bir nechta inqirozlar yuzaga kelishi qator mintaqalarda faqat katta qiyinchilik bilan hal qilinishi mumkin bo‘lgan oqibatlar zanjiriga olib keladi, deyiladi 9 sentabr, dushanba kuni e’lon qilingan «Rivojlanish yordam beradi» alyansi (Entwicklung hilft) va Boxumdagi Rur universitetining butun dunyo bo‘ylab risklar bo‘yicha yangi yillik hisobotida (Weltrisikobericht).
«Bizning dunyomiz ko‘plab inqirozlarga duchor bo‘lmoqda, ular bir-birini kuchaytirib, global xavfsizlikka yangi tahdidlarni keltirib chiqaradi», — deyiladi hujjatda.
Jahon xatarlari indeksini (Weltrisikoindex) yaratish uchun ekspertlar zilzila xavfi va iqlim sharoiti kabi tabiiy xavflarni jamiyatning ijtimoiy zaifligi bilan birlashtirgan holda 193 mamlakatdagi xatarlarni tahlil qilishdi. Bunda boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut, sog‘liqni saqlash tizimi darajasi, xavfli kasalliklarga chalinganlar soni, mintaqadagi qurolli mojarolar kabi omillar hisobga olindi.
Mamlakatlar bo‘yicha ofatlar xavfi
Mutaxassislar tabiiy ofatlarning eng yuqori xavfi Filippin, Indoneziya va Hindistonda ekanligini aniqlashdi. Ulardan keyin zilzilalar va qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlar bilan bir qatorda, narkotik kartellari o‘rtasidagi mojarolar ham tashvishga solayotgan Kolumbiya va Meksika. Rossiya sakkizinchi, Ukraina 94- va Germaniya 98-o‘rinda.
Tabiiy ofatlarning eng past xavfi Monako, Andorra va San-Marinoda qayd etilgan (mos ravishda 193-, 192- va 191 o‘rin). Belarus ham eng past xavfga ega mamlakatlar ro‘yxatidan joy olgan (187-o‘rin).
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Spaydermen» qo‘l: MuhammadUmarning ushalgan orzusi haqida
O‘zbekiston | 13:55
-
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi
Jamiyat | 13:43
-
AQShda America Party'ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi
Jahon | 13:28
-
Xarkivda Rossiya dronlari zarbalarida 20 dan ortiq kishi jarohatlandi
Jahon | 12:50
Mavzuga oid

07:11 / 01.07.2025
Armaniston va YeI mudofaa va xavfsizlikda hamkorlik bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlayapti

10:12 / 19.04.2025
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

10:05 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

18:54 / 10.03.2025