Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik partiya ham nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi
Joriy yilning 27 oktyabrida bo‘lib o‘tadigan Parlament saylovlarida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar o‘zlarining Saylovoldi dasturlari va deputatlikka nomzodlarini tasdiqlamoqdalar.

Foto: Ekologik partiya
7 sentabr kuni O‘zbekistondagi eng yosh siyosiy partiya hisoblangan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘zining yangi Saylovoldi dasturi va deputatlikka ilgari surayotgan nomzodlarini muhokama qilish maqsadida partiyaning V Forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan delegatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, partiyaning Markaziy Kengashi a’zolari, davlat va jamoat, nodavlat tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Forum delegatlari qizg‘in muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston ekologik partiyasining “Tabiat uchun birlashaylik!” g‘oyasi mujassamlashgan Saylovoldi dasturini tasdiqladi.
Shuningdek, Forum delegatlari tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish haqidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga majoritar bir mandatli okruglar bo‘yicha 75 nafar, partiyaviy ro‘yxat bo‘yicha 100 nafar nomzodlar ko‘rsatildi.
Ta’kidlash joizki, nomzodlarning 44,6 foizi ayollardan iborat bo‘lib, barcha 175 nafar nomzod oliy ma’lumotga ega hamda ularning 31,5 foizini ekologlar, 10 foizini huquqshunoslar, 9 foizini tibbiyot, 15 foizini iqtisodiyot va 34,5 foizini boshqa sohalar vakillari tashkil etadi. Shuningdek, nomzodlarning 26 nafarini yuqori malakali olimlar tashkil etadi.
Forumda ko‘rsatilgan nomzodlarga oid hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tez kunlarda Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilishi ma’lum qilindi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

16:12 / 13.01.2025
Mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga oshirilishi mumkin

12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati

17:14 / 16.09.2024
“Ekologiya sohasida ixtisoslashgan sudlarni tashkil etish zarur” - ekopartiya

21:23 / 19.02.2024