Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston DXX harbiy poligonida MDH Aksilterror markazi ko‘magida Hamdo‘stlik vakolatli organlarining “Sharq-Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashqlari o‘tkazildi.

Foto: DXX
Undan ko‘zlangan asosiy maqsad terrorchilik harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish, chegara xavfsizligiga raxna soluvchi terrorchilik tahdidlarini zararsizlantirish va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishda MDHga a’zo davlatlar vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.
Aksilterror mashqlariga ShHT va MDHga a’zo davlatlar vakolatli organlari rahbarlari va vakillari, manfaatdor xalqaro tashkilotlar vakolatli tuzilmalari kuzatuvchilari taklif etildi.
Muhim infratuzilma obektlarida garovga olinganlarni ozod qilish va shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini sinovdan o‘tkazish doirasida maxsus va harbiy texnikalar, jumladan aviatsiya va uchuvchisiz uchuv apparatlaridan foydalanildi.
Tadbirga DXX, IIV, FVV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linmalari, shuningdek Bosh prokuratura va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari jalb qilindi.
Kuzatuvchilar e’tiboriga noqonuniy qurollangan terrorchilik guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya elementlari hamda ommaviy tartibsizliklarni bostirish va inqirozli vaziyatlarni bartaraf etish choralari havola etildi.
O‘tkazilgan o‘quv mashqlari davomida shartli terrorchilik guruhlarini zararsizlantirishga jalb etilgan kuch va vositalarning yuqori darajadagi tayyorgarligi, vazirlik va idoralarning hamkorlikdagi harakatlari namoyish etildi.
“Sharq-Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashqlari Hamdo‘stlik davlatlari maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik muhim ekanini ko‘rsatdi. Mashqlar qo‘shma aksilterror tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish tajribasini takomillashtirishga hissa qo‘shdi, terrorchilik harakatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish, jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha kelishilgan harakatlar shakllari va usullarini ishlab chiqish imkonini berdi.
Ushbu aksilterror mashqlari MDH Aksilterror markazi ko‘magi ostida o‘tkazilgan bu kabi tadbirlarning yigirmanchisi bo‘lib, ularning 6 tasida O‘zbekiston ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
-
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi
Jahon | 10:34
-
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi
Jahon | 10:27
Mavzuga oid

20:53 / 13.03.2025
Pokistonda poyezdni garovga olgan jangarilarga qarshi operatsiya yakunlandi

12:00 / 15.10.2024
Litvada «Kuchli grifon» xalqaro mashqlari boshlandi

10:04 / 01.08.2024
Rossiya strategik bo‘lmagan yadroviy kuchlar mashqlarining uchinchi bosqichini boshladi

13:40 / 30.07.2024