Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fasl bo‘ldi
Shunga qaramay, Buyuk Britaniyada 2015 yildan beri eng salqin yoz kuzatilgan, Yevropaning aksariyat qismida esa yoz fasli odatdagidan issiqroq kechgan.

Foto: AP
«Kopernik» iqlim o‘zgarishi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yozi shu vaqtda qadar amalga oshirilgan kuzatuvlar tarixida eng issiq fasl sifatida qayd etildi.
Shuningdek, bu Yevropadagi eng issiq mavsumga aylangan: 1991-2020 yillar davomidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,54 darajaga yuqori. Shunga qaramay, Buyuk Britaniyada 2015 yildan beri eng salqin yoz kuzatilgan, Yevropaning aksariyat qismida esa yoz fasli odatdagidan issiqroq kechgan.
Ta’kidlanishicha, joriy yilda dunyodagi o‘rtacha harorat 1991-2020 yillar davomida kuzatilgan ko‘rsatkichlardan 0,7 darajaga ko‘tarilgan — bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan oldingi o‘rtacha eng yuqori harorat o‘tgan yilda qayd etilgandi.
Butun dunyoda issiq to‘lqinlar va ekstremal ob-havo hodisalarining oqibatlari kuzatilmoqda. «Joriy yozda kuzatilgan haroratga bog‘liq ekstremal hodisalar yanada intensivlashadi», — deydi «Kopernik» direktori o‘rinbosari Samanta Berjyess.
Butun Yevropa bo‘ylab harorat bilan bog‘liq rekordlar yangilangan. Avstriyada ham kuzatuvlar tarixidagi eng issiq ko‘rsatkich qayd etilgan. Ispaniyada avgust o‘z tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.
Yevropaning janubiy va sharqiy qismida havo harorati ko‘tarilgan bir paytda Irlandiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Islandiyaning g‘arbiy qismlari va Norvegiya janubida havo biroz salqin keldi.
Inson faoliyati global harorat ko‘tarilishining eng muhim sababiga aylangan bo‘lsa-da, 2023 va 2024 yillardagi rekord darajadagi issiqlik El-Nino iqlim fenomeni tufayli yuzaga kelgan.
El-Nino — kuchli tabiiy hodisa, ekvatorial va Janubiy Tinch okeanidagi suv haroratining davriy ravishda oshishi. Bu butun sayyoradagi iqlimga ta’sir qiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan Zelenskiy uchrashishini ma’lum qildi
Jahon | 23:31
-
Hindistonda mavjud bo‘lmagan davlatlar elchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:10
-
Qimmat benzin, sharoiti yo‘q poyezdlar va muammoli UzIMEI - Iste’molchi huquqi himoya qilinyaptimi?
O‘zbekiston | 23:01
-
«Bilol's motors» avtosaloni rahbari ustidan sud boshlandi
Jamiyat | 22:48
Mavzuga oid

14:28 / 22.06.2025
Hafta boshida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

13:11 / 08.03.2025
Iqlim xavfi – 2025 indeksi e’lon qilindi. Unda nimalar haqida so‘z boradi?

22:37 / 23.11.2024
Politico: Xitoy iqlim siyosati poygasida AQSh va YeIdan o‘zib ketdi

15:22 / 21.11.2024