Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada suv toshqinlarini bartaraf etolmagani uchun 30 nafar mas’ul amaldor qatl etildi – OAV
Avgust oyida KXDRning Chagang provinsiyasi vayronkor suv toshqinlarini boshdan kechirdi, oqibatda minglab odamlar uysiz qoldi, 4 ming kishi qurbon bo‘ldi.

Foto: KCNA/Reuters
Shimoliy Koreyaning Chagang provinsiyasida avgust oyida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 4 ming kishi halok bo‘ldi, falokatni bartaraf etolmagani uchun 30 nafar mas’ul amaldor qatl etildi, deb yozmoqda Chosun TV.
Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya amaldorlaridan biri “qabul qilib bo‘lmas darajada ko‘p qurbonlar sababchilari” qattiq jazolanishini aytgan.
“O‘tgan oy oxirida suv toshqini zonasida bir vaqtning o‘zida 20 nafardan 30 nafargacha partiya a’zosi qatl etilgani aniqlandi.
Shuningdek, Chagang provinsiyasi partiya kotibi lavozimidan chetlatilgan Kan Bon-hun bilan bog‘liq vaziyat haqidagi xabarlar ham qayd etilmoqda va tasdiqlanmoqda”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Provinsiya partiyasi sobiq kotibi Kan Bon-hun hibsga olingan. U qurol-yarog‘ bo‘limi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari ham edi. U Kim Chen Inning suv toshqinlari yuz bergan tumanlarga uyushtirgan safarlarida unga hamrohlik qilgan.
Shimoliy Koreya davlat matbuoti xabariga ko‘ra, o‘tgan oyda mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida yoqqan kuchli yomg‘irlar Sinuiju shahri va unga qo‘shni Uiju shahrida toshqinlarga sabab bo‘lgan. Tabiiy ofat 4 100 ta uyga, 7 410 gektar qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda ko‘plab davlat binolari, inshootlari, yo‘llari va temiryo‘llarga zarar yetkazgan.
Koreya markaziy axborot agentligi ma’lumotlarida aytilishicha, o‘sha paytda Kim Chen In amaldorlarni “falokatning oldini olish majburiyatini e’tiborsiz qoldirgan” va “qabul qilib bo‘lmas darajada ko‘p insonlar hayotiga zomin bo‘lgan” shaxslarni qattiq jazolashga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

14:00 / 08.07.2025
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi

13:50 / 06.07.2025
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar

17:44 / 05.07.2025
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi

14:51 / 26.06.2025