Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmosga sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
2024 yil yakuniga qadar O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokida kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish masalasi o‘rganilib, ma’lumotlar tahlil qilinadi va takliflar belgilanadi. Ushbu masala Ostonada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ikki mamlakat raqamli texnologiyalar vazirlari o‘rtasida muhokama qilindi.

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri boshchiligidagi delegatsiya 2-3-sentabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan «Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi»da ishtirok etdi.
Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J.Madiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari, shuningdek, raqamli ko‘nikmalarni o‘qitishni ta’minlash, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformatsiya bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Raqamli innovatsiyalarni jadallashtirish uchun zarur mintaqaviy hamkorlik rejalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ikki mamlakat ishtirokida kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlarni joriy yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab olish muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

01:39 / 17.05.2025
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi

17:37 / 22.04.2025
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi

20:20 / 30.03.2025