Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda eriyotgan muzlikda 1700 ga yaqin qadimiy virus topildi
Bu viruslar so‘nggi 41 ming yil ichida kamida uchta yirik iqlim o‘zgarishidan omon qolgan.

Foto: Ludovic Brucker
Ohayo shtati universiteti (AQSh) olimlari Xitoy g‘arbidagi Himoloy tog‘lari muzida yashiringan 1700 ga yaqin qadimiy virusni aniqladi. Ularning aksariyati ilgari fanga noma’lum edi. Bu haqdagi tadqiqot Nature Geoscience jurnalida (.pdf) chop etildi.
Virusli DNK parchalari erigan Guliya muzligida topildi. U Tibet platosida, dengiz sathidan 7 kilometr balandlikda joylashgan.
Ilmiy maqola mualliflarining fikricha, bu viruslar so‘nggi 41 ming yil ichida kamida uchta yirik iqlim o‘zgarishidan omon qolgan.
«Agar ular abadiy muzliklarda shunday uzoq vaqt yashay olsa, bu hayvonlar va odamlar yuqtirgan viruslar ham shunday og‘ir sharoitlarda o‘z xususiyatlarini saqlab qolishi mumkinligini ko‘rsatadi», dedi Jan-Mishel Klaveri, Eks-Marsel (Fransiya) universiteti professori.
Abadiy muzliklarda qolib ketgan qadimiy viruslar ilgari dunyoning boshqa joylarida, jumladan Sibirda ham topilgan. Bu esa, ulardan biri iqlim o‘zgarishi natijasida ajralib chiqishi va pandemiyaga olib kelishi mumkinligi haqida xavotir uyg‘otadi. Yaxshiyamki, Guliyadan topilgan viruslar hayvonlar yoki odamlarga emas, balki bakteriyalarga yuqqan.
Endi olimlar viruslar ob-havoning sezilarli o‘zgarishlariga qanday moslashgani va evolyutsiyasi haqida asosiy tafsilotlarni aniqlamoqchi. Viruslardan biri taxminan 11,5 ming yoshda ekanligi allaqachon aniqlangan.
Tadqiqotchilar, shuningdek, muz yadrosidagi viruslarning to‘rtdan bir qismi boshqa joylardan kelgan turlarga mos ekanini aniqladi. Ko‘rinishidan, ular turli mintaqalardan, jumladan, Arktikadan kelgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
-
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp
Jahon | 21:49
Mavzuga oid

21:49
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

14:00
«Trampning sabri tugamoqda» – Rubio

20:02 / 26.07.2025