Zangiotada harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan Damas butunlay yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Foto: YHXB
Holat 26 avgust kuni soat 15:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Qirguzar” MFY Nazarbek temiryo‘li ko‘prigi ostida sodir bo‘lgan. Turkiston—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan 1990 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvidagi Damas'ning salon qismida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in natijasida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchi bo‘lmagan.
Ushbu yong‘in natijasida hech qaysi harakat ishtirokchisi sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

16:22 / 31.05.2025
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

16:09 / 15.05.2025