Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaporijjya AESga zaxira liniyasi orqali elektr yetkazib berish to‘xtadi
AESning o‘z ehtiyojlari «Dneprovskaya» liniyasidan ta’minlanadi. Xavfsizlik chegaralari va shartlarining buzilishi qayd etilmadi, deya xabar beradi ZAES.

Foto: LIBKOS/AP/picture alliance
Zaporijjya atom elektr stansiyasiga zaxira liniyasi orqali elektr energiyasini yetkazib berish avtomatika tufayli to‘xtatildi, deb xabar berdi Rossiya axborot agentliklari 23 avgust, juma kuni stansiya vakillariga tayanib.
«Zaporijjya AESda 2024 yil 23 avgustda yuqori voltli 330 kV «Ferrosplavnaya-1» elektr ta’minoti tarmog‘i avtomatika tufayli o‘chirildi», — deyiladi «ZAES. Ofitsialno» Telegram-kanalida. - AESning o‘z ehtiyojlari «Dneprovskaya» 750 kV liniyasidan quvvatlanadi».
Shuningdek, postda 2022 yil mart oyida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasining barcha bo‘linmalari to‘xtatilgani va «sovuq to‘xtash» holatida ekanligi eslatiladi: «Uskunalar barcha zarur qoidalarga muvofiq xizmat ko‘rsatmoqda. Radiatsiyaviy xavfsizlik standartlarini qat’iy nazorat qilish to‘xtamayapti».
AEXA: Zaporijjya AESdagi vaziyat dron hujumidan so‘ng yomonlashdi
Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES)da yadro xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat uning hududi yaqinidagi yo‘lga uchuvchisiz uchoq zarbasidan keyin yomonlashdi. Bu haqda 17 avgust kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qildi. Uning bayonoti agentlikning rasmiy saytida e’lon qilingan.
«Biz yana bir bor Zaporijjya atom elektr stansiyasining yadroviy xavfsizligiga tahdidlar kuchayib borayotganini ko‘rmoqdamiz va men yana bir bor barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlikka chaqiraman», dedi Grossi.
AEXA ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchoq olib kelgan portlovchi moddalar Dnipro elektr uzatish liniyasidan taxminan 100 metr masofada portlagan. Shu bilan birga, snaryadni aynan kim uchirgani haqida xabar berilmagan. Agentlikning qayd etishicha, hodisa natijasida qurbonlar yo‘q. Shuningdek, atom elektr stansiyasi uskunasiga zarar yetmagan, biroq elektr stansiyasining ikkita asosiy darvozasi orasidagi yo‘l shikastlangan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Jamiyat | 20:48
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
Mavzuga oid

09:25 / 05.07.2025
Zaporijjya AESda Rossiya zarbasi tufayli blekaut yuz berdi

13:00 / 30.06.2025
Vengriya TIV: AQSh Rossiya bilan AES qurishga to‘sqinlik qilgan sanksiyalarni olib tashladi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

19:45 / 20.06.2025