Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada o‘pka saratoniga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
O‘pka saratonini davolashga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi mRNK-vaksina Germaniyaning BioNTech biotexnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kelajakda ushbu vaksina kimyoterapiya o‘rnini egallashi mumkin.

Foto: Getty Images
Londonda saraton hujayralariga qarshi immun tizimini rag‘batlantirishga mo‘ljallangan o‘pka saratoniga qarshi yangi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Eksperiment terapiyadan birinchi bo‘lib London kolleji Univestitet klinikasi bemorlari foydalandi, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.
O‘pka saratoniga qarshi vaksinani o‘zida birinchi bo‘lib 67 yoshli Yanush Rats sinab ko‘rmoqda. U vaksina saratonning qaytalanishini to‘xtatishiga umid qilgan holda tadqiqotda ishtirok etishga rozi bo‘lganini aytgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, oilasi uning qarorini qo‘llab-quvvatlagan, o‘zi ham sun’iy intellekt sohasidagi olim sifatida bu kabi tadqiqotlar naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini yaxshi tushunadi.
O‘pka saratonini davolashga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi mRNK-vaksina Germaniyaning BioNTech biotexnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kelajakda ushbu vaksina kimyoterapiya o‘rnini egallashi mumkin.
Dori vositasi immun tizimini sog‘lom to‘qimalarga teginmagan holda saraton hujayralarini aniqlash va ularni yo‘q qilishini rag‘batlantiradi. Bunday usul kasallangan hujayralardan tashqari sog‘lomlariga ham zarar yetkazadigan an’anaviy kimyoterapiyadan farq qiladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, o‘pka saratoni butun dunyoda onkologik kasalliklar oqibatida yuzaga kelayotgan o‘limlarning asosiy sababchisi bo‘lib qolmoqda. Tadqiqot o‘pka saratonini davolashning yangi samarali usullarini topish va kasallikning turli bosqichlarida bemorlar uchun prognozlarni yaxshilashga qaratilgan.
The Guardian’ning ma’lum qilishicha, vaksinaning odam ustidagi birinchi faza klinik sinovlari dunyoning yettita davlatidagi 34 ta tadqiqot maydonchasida boshlangan: Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya va Turkiya.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

16:51 / 25.11.2024