Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinik ordinaturaga qabul imtihonlari sanasi ma’lum qilindi
24-26 avgust kunlari klinik ordinaturaga qabul imtihonlari o‘tkaziladi. Test 7:00 da boshlanadi. Talabgorlar ruxsatnoma va pasportning asl nusxasi bilan kiritiladi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitadigan xususiy klinikalar uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Imtihon 24-26 avgust kunlari 7:00da boshlanadi. Testga 1 soat oldin kelish tavsiya etiladi. Talabgorlar ruxsatnoma va pasportning asl nusxasi bilan kiritiladi. Ruxsatnomalarni tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olish mumkin. Imtihon manzillari bu yerda batafsil ko‘rsatilgan. Test qayta o‘tkazilmaydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra test quyidagi muassasalarga kirish uchun o‘tkaziladi:
- tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari;
- tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi;
- respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari;
- ilmiy-tadqiqot institutlari;
- klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalari.
Testni Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi o‘tkazadi. Test sinovi xarajatlari tegishli tibbiy muassasalar tomonidan qoplanadi. Har bir talabgor uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov to‘lab beriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va oliy ta’lim muassasalari quyidagilarni tasdiqlagan:
– 2024/2025 o‘quv yilida klinik ordinatura mutaxassisligiga mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish maqsadida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi;
– foydalaniladigan test variantlari tafsilotlari;
– foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati;
– testni shakllantiruvchi fan ekspertlari guruhi.
Ma’lumot uchun klinik ordinatura bo‘yicha fanlar majmuasi, talabgorlar ro‘yxati kabi ma’lumotlar tmbm.ssv.uz saytidagi klinik ordinatura bo‘limida ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
-
Niderlandiya Isroilning genotsidga da’vat qiluvchi vazirlarini «qora ro‘yxat»ga kiritdi
Jahon | 18:45
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

12:02 / 28.06.2025
Sog‘liqni saqlashning yangi modeli bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi boshlanmoqda

18:41 / 25.06.2025
AQShda robot ko‘krak qafasini ochmasdan birinchi yurak transplantatsiyasini amalga oshirdi

18:18 / 23.05.2025