Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transafg‘on temiryo‘li qurilishi bo‘yicha amaliy ishlar tez orada boshlanadi - Laziz Qudratov
1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi ishga tushadi va Afg‘onistonning qator mahsulotlariga boj bekor qilinadi. Afg‘on tadbirkorlari Termiz xalqaro savdo markaziga vizasiz kirib, hech qanday soliqlarsiz faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri.

17 avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurgandi. Tashrif doirasida Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, bosh vazirning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdus-Salom Hanafiy, bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston–Afg‘oniston biznes-forumi ham tashkil etildi. Forumda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov chiqish qilib, ikki tomonlama hamkorlikdagi muhim yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi. Uning nutqini Afg‘onistondagi RTA telekanali taqdim etdi.
“Birinchidan, mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro savdoni yanada oshirish va yaqin istiqbolda 3 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha katta rejalarimiz bor. Bu borada joriy yil 1 oktyabrdan boshlab ikki mamlakat o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi ishga tushadi. Ushbu hujjat doirasida kelishilgan qator mahsulotlar, shu jumladan, Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, gilamlar, marmar uchun import bojlari bekor qilinadi. Bu eksportyorlar uchun qulaylik yaratadi.
Ikkinchidan, davlatlarimiz o‘rtasidagi Ayritom–Hayraton chegara postida bojxona tizimi 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Bundan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi avtomobillar qatnovi tun-u kun amalga oshiriladi. Bu ikki davlat tadbirkorlari ish faoliyatida qo‘shimcha 2 barobar ko‘p imkoniyat yaratadi. O‘zaro savdo hajmlarini yanada rivojlantiradi.
Uchinchidan, birodar afg‘on xalqiga qulaylik yaratish maqsadida yaqin kunlarda O‘zbekiston janubida Termiz xalqaro savdo markazini to‘liq ishga tushirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Markazga tashrif buyuruvchilar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi. Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi. Bugun markazdan foydalanish bo‘yicha hujjat imzoladik.
To‘rtinchidan, investorlarni himoya qilish va investitsiya oqimlarini yanada ko‘paytirish uchun afg‘onistonlik hamkasblarimiz bilan faol ishlayapmiz. Shu maqsadda investorlarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Beshinchidan, mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, tog‘-kon sanoati va geologiya, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda bojxona yo‘nalishlarida qo‘shma komissiya va quyi qo‘mitalar shakllantirildi. Bundan asosiy maqsad – ikki davlat o‘rtasidagi mavjud masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib borish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha joyida choralar ko‘rishdir. Mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha quyi qo‘mitalar har chorakda kamida bir marta yig‘ilib, aniq yechimlar ishlab chiqadi.
Oltinchidan, hozirda transafg‘on temiryo‘l liniyasi qurilishini boshlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur temiryo‘l barcha tadbirkorlarimizga katta imkoniyatlarni yaratib, o‘zaro savdoda qulay muhit yaratishga imkon beradi. Tez orada mazkur loyiha doirasida amaliy ishlar boshlanadi”, deya ta’kidlagan Laziz Qudratov .
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega o‘nta mamlakat qatoriga kiradi. 2024 yilning yanvar-iyul oylarida o‘zaro savdo hajmi 461 mln dollarni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
-
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi
Jahon | 09:54
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
-
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi
Jahon | 09:08
Mavzuga oid

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

16:42 / 14.07.2025