Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamaytiriladi
1 dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalariga, mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning ma’lum bir qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari umumiy ovqatlanish va mehmonxona xizmatlarining eng katta muammosi QQS va ishchilar hisobini yuritish ekanini ta’kidladi.
Shu bois 1 yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga keshbek sifatida qaytarib beriladi. Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi to‘langan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam bo‘lsa, keshbek 20 foiz bo‘ladi.
QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi. 1 dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Ularga bahor va yoz mavsumida o‘zlariga tutash maydonlarda stol-stul va soyabon qo‘yib ishlashga ruxsat beriladi. Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzishi mumkin bo‘ladi.
Xuddi shu kabi 1 oktyabrdan mehmonxona va turoperatorlarga ham to‘langan QQSning 20 foizi keshbek qilib beriladi.
Bundan tashqari, yaqinda bozorga kirishdagi 7 ta eksklyuziv huquq bekor bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu orqali 1,5 mingdan ortiq tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyati yaratiladi.
Jumladan, mehmonxona faoliyatini sertifikatlash bilan akkreditatsiyasi bor barcha korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi. 1 oktyabrdan esa xuddi Tadbirkorlik reytingi kabi Qurilish vazirligidagi “Shaffof qurilish” tizimini tadbirkorlarning o‘zi yuritadi. Konsalting markazlari funksiyalari to‘liq xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Prezident tadbirkorlar taklif bersa, davlat idoralari ko‘rsatayotgan boshqa xizmatlarni ham xususiy sektorga berishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

22:58 / 30.12.2024
FT: Xitoy hukumati biznesmenlarni hibsga olish to‘lqinini to‘xtatishga urinmoqda

15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi

12:30 / 23.10.2024