Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yarmish va Pevchix Rossiyada terrorchi va ekstremistlar qatoriga kiritildi
Aleksey Navalniyning koloniyada o‘limidan roppa-rosa olti oy o‘tgach, Rosfinmonitoring uning sheriklari va advokatlarini «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga qo‘shdi. Jumladan, Kira Yarmish va Mariya Pevchix reyestrga kiritildi.

Foto: AP
Rosfinmonitoring tomonidan tuzilgan «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga roppa-rosa olti oy oldin koloniyada vafot etgan Aleksey Navalniyning bir qancha sheriklari va advokatlari kiritildi. Jumladan, 16 avgust, juma kuni reyestrga sirtdan hibsga olingan Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro jamg‘armasi («FBK») rahbari Mariya Pevchix va Aleksey Navalniyning sobiq matbuot kotibi, hozirda uning bevasi Yuliya Navalnaya bilan ishlayotgan Kira Yarmish ham qo‘shildi.
Muxolifatchining sobiq advokatlari Aleksandr Fedulov va Olga Mixaylovaning ham «ekstremistlar va terrorchilar» deb tasniflangan. Ularning ikkalasi ham Rossiyani tark etgan va «ekstremistik jamiyat»da ishtirok etganlikda ayblanib, sirtdan hibsga olingan. Rosfinmonitoring allaqachon Aleksey Navalniyning yana uch advokatini - hibsga olingan Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Serguninni 2023 yil noyabr oyida «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga qo‘shgan.
Rosfinmonitoring ro‘yxatiga «Populyarnaya politika» YouTube-kanali boshlovchisi Dmitriy Nizovsev, «Navalniy LIVE» kanali prodyuseri Nina Voloxonskaya, shuningdek, Navalniyning yashirin shtablarida ishtirok etganlik va «FBK»ga mablag‘ ajratganlikda ayblanib sudlangan Aleksey Malyarevskiy, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi haqida yozgan va «ekstremistik tashkilot» bilan hamkorlikda ayblangan jurnalistlar, hozirda tergov hibsxonasida bo‘lgan Olga Komleva va Antonina Favorskaya kiritildi. «Memorial» ularni siyosiy mahbuslar deb tan olgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 13:56
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
-
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Jahon | 13:20
Mavzuga oid

09:34 / 27.02.2024
Navalniy bilan vidolashuv marosimi hafta oxirida o‘tkazilishi mumkin

07:44 / 22.12.2023
Rossiyada Navalniyning sherigi Mariya Pevchix qidiruvga berildi

21:30 / 22.03.2023