Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyevning jiyani Qozog‘iston budjetiga yana 104 mln dollar qaytaradi
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldi 50 milliard tengedan ortiq (104 million dollardan ko‘proq) mablag‘ni davlatga qaytaradi. Bu haqda respublika Bosh prokuraturasining aktivlarni qaytarish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Kaztag.kz
Sotiboldi 18 milliard tenge (37 million dollar) qiymatidagi aktivlarni, jumladan, Olmaotadagi biznes markazi, tijorat ko‘chmas mulki va Ostonadagi elita uyini topshirib bo‘lgan.
“Bosh prokuratura huzuridagi aktivlarni qaytarish qo‘mitasi Sotiboldiuli Q.ning aybiga iqror bo‘lish va noqonuniy yo‘l bilan olingan mol-mulkni qaytarish to‘g‘risidagi protsessual kelishuv shartlari ijrosi ustida ishlamoqda. Ushbu aktivlarning umumiy summasi baholashni hisobga olgan holda 50 milliard tengedan oshadi”, — deyiladi Bosh prokuratura saytida.
Xabarga ko‘ra, Qayrat Sotiboldidan tintuv paytida olib qo‘yilgan yana 95 ming dollar maxsus davlat jamg‘armasiga o‘tkazilgan. Bundan tashqari, Qozog‘iston sobiq prezidentining jiyani eksklyuziv zargarlik buyumlari, brend soatlari va kolleksiya tangalarini davlatga qaytargan. Birlashgan Arab Amirliklaridan umumiy qiymati 192 million tenge (deyarli 400 ming dollar) Rolls-Royce Cullinan va Aston Martin avtomobillari ko‘rinishidagi aktivlari qaytarib kelingan.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Qayrat Sotiboldi va yaqinlarining xorijdagi mulklarini topshirish jarayoni yakunlanish bosqichida. Ilgari Sotiboldi Dubaydagi villa, Fransiyadagi to‘rtta hashamatli kvartira, Turkiyadagi ikkita villa va Moskvadagi yana 15 ta nufuzli turar joy ko‘rinishidagi aktivlarini qaytargandi. Qayrat Sotiboldi umumiy hisobda 2,5 yil davomida davlatga 710,6 million dollar qaytardi.
2024 yil yanvar oyida Sotiboldi davlatga 650 milliard tengeni qaytargani haqida xabar berilgandi.
Qayrat Sotiboldi Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani. 2022 yil mart oyida u «Qazaqtelekom» aloqa operatoridan mablag‘larni o‘g‘irlash va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanib hibsga olingandi.
Nazarboyevning jiyani «Qazaqtelekom» aksiyalarining 24 foizdan ortig‘iga egalik qiluvchi Skyline Investment ofshor kompaniyasi asoschisi bo‘lgan.
O‘sha yilning sentabr oyida Sotiboldi mansab vakolatini suiiste’mol qilish va ikki kompaniyaning mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topildi. U mol-mulki musodara qilinib, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. U aybini tan oldi va yetkazilgan zararni qopladi, bu esa yengillashtiruvchi holatga aylandi.
2023 yil dekabr oyida Sotiboldi shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida ariza berdi. Ammo sud qamoqxonadagi xulq-atvori namunali emasligi va bir qancha qoidalarni buzganini ta’kidlab, arizani rad qildi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025