Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin blogerlarga Roskomnadzorga o‘zi haqida xabar berish majburiyatini yukladi
Yangi qonunga ko‘ra, 10 ming obunachi auditoriyasiga ega blogerlar va Telegram-kanallar egalari o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni Roskomnadzorga xabar qilishlari shart.

Foto: Vyacheslav Prokofev/picture alliance
Rossiya prezidenti Vladimir Putin blogerlar va 10 mingdan ortiq o‘quvchi auditoriyasi bo‘lgan Telegram-kanallar egalariga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Roskomnadzorga xabar qilish majburiyatini yuklovchi qonunni imzoladi. Hujjat 8 avgust, payshanba kuni normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.
Roskomnadzorga xabar bermagan, ko‘rsatilgan auditoriyaga ega blogerlarga xayriya yig‘ish va reklama joylashtirish taqiqlanadi. Boshqa kanallarga ular nashrlarini qayta joylashtirish ham man etiladi.
Bundan tashqari, barcha foydalanuvchilarga Roskomnadzor reyestriga kiritilmagan muallifning nashrini tarqatish taqiqlanadi, hatto u shaxsiy sahifada repost bo‘lsa ham. Ushbu normani buzganlik uchun jazo hujjatda ko‘rsatilmagan.
Migrantlarni chiqarib yuborish va frontda smartfonlarni taqiqlash
8 avgust kuni Putin 100 dan ortiq federal qonunlarni imzoladi. Ular orasida harbiy xizmat uchun ro‘yxatdan o‘tmaganlarni Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonun, shuningdek, Ukrainadagi urush paytida smartfonlardan rasmiy emas, shaxsiy maqsadlarda foydalanishni taqiqlovchi qonun ham bor. Ushbu me’yorga rioya qilinmaganligi uchun harbiy sudning qarorisiz 10 kungacha «intizomiy qamoqqa» olish mumkin.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti xorijliklarni Rossiyadan sud qarorisiz chiqarib yuborish rejimini tasdiqladi. Ichki ishlar vazirligi chet elliklarni Rossiya Federatsiyasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri «giyohvandlik targ‘iboti», «noan’anaviy jinsiy aloqalar», «jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish» va Rossiyada huquqbuzarlik deb topilgan boshqa harakatlar uchun chiqarib yuborishi mumkin. Rossiyada noqonuniy yurgan xorijliklar maxsus reyestrga kiritiladi. Ushbu ro‘yxatdagi shaxslarga turmush qurish, mulk sotib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish, bank hisobraqamlarini ochish taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
Mavzuga oid

12:03 / 21.07.2025
Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi

12:18 / 17.07.2025
Bolalarni o‘tkir tig‘li buyumlar bilan urishtirgan bloger javobgarlikka tortildi

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

10:43 / 09.05.2025