Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmati tashkil qilinadi
Ular 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi, buning uchun budjetdan tegishli mablag‘ ajratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonda jami 184 ming 582 kilometr avtomobil yo‘li bor. Shundan qariyb 142 ming kilometri ichki xo‘jalik yo‘llaridir. So‘nggi to‘rt yilda ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 15 trillion so‘m ajratilgan.
Ammo mahalliy yo‘llarni saqlashga mas’ul tizim yo‘q. Chunki Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi davlat va xalqaro ahamiyatdagi yo‘l va ko‘priklar bilan shug‘ullanadi. Ichki yo‘l va ko‘priklar esa mahalliy hokimliklar balansida. Hozirgi kunda 43 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirtalab holatda, 2 ming 354 ta ko‘prikning «egasi» aniq emas.
Shu bois tuman darajasida bu masalalarga mas’ul tizim yaratish rejalashtirilmoqda. Taklifga ko‘ra, 208 ta tuman va shahar Obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi. Buning uchun budjetdan tegishli mablag‘ ajratish ko‘zda tutilayapti.
Tahlillarga ko‘ra, yo‘llarni saqlashga yo‘naltirilgan mablag‘ ta’mirlash xarajatini bir necha barobar qisqartiradi. Agar o‘z vaqtida pul ajratilib, ichki yo‘llar to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, ularni ta’mirlash muddatlari ham kamida 2 barobar uzayadi.
Shu bois mutasaddilarga ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlashni moliyalashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Aholi talabidan kelib chiqib, ichki yo‘llarni ta’mirlash va yangilarini qurish ishlarini davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

13:01 / 21.07.2025
Poytaxtning har bir tumanida ko‘chatxonalar tashkil qilinadi

16:55 / 17.03.2025
Kommunal va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi vazifalar belgilab olindi

11:10 / 26.02.2025
Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binoda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

13:16 / 11.01.2025