Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda “Damas” haydovchisi halok bo‘ldi
“Kobalt” qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va o‘z yo‘lidan kelayotgan “Damas” bilan to‘qnashgan.

Foto: YHXBB
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan YTHda “Kobalt” va “Damas” mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 31 iyul kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni soat 8:30 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Burgansoy mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda “Kobalt” bilan harakatlangan haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan.
So‘ng ro‘paradan harakatlanib kelayotgan “Damas”ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.
Oqibatda “Damas” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

11:22
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

18:44 / 14.06.2025