Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Karim Masimovni afv etishni rad etdi
Qozog‘iston prezidenti davlatda xiyonatda ayblanib, sud tomonidan 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimovni afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirmadi.

Foto: tengrinews.kz
Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib, Informburo.kz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, To‘qayev shu yilning iyun oyida xuddi shu tarzda afv etishni rad etgan maxsus komissiyaning qarorini ma’qullagan.
«Masimovga nisbatan afv etishni qo‘llash imkoniyatini o‘rganib ko‘rgan komissiya davlat rahbariga tegishli taklifni kiritgan va u taklifni ma’qullagan», — deya tushuntirish bergan To‘qayevning matbuot xizmati.
Karim Masimov 2022 yilning yanvarida, prezident uni yanvar voqealari fonida namoyishchilarning kuchishlatar tizimlar bilan to‘qnashuvi yuz berganidan so‘ng ishdan olganidan ikki kun o‘tib hibsga olingan.
O‘sha yilning martida sobiq mulozimga oid surishtiruvlar chog‘ida “korrupsiyaga oid ko‘plab xatti-harakatlar” aniqlangani ma’lum qilingan. 2023 yilning aprelida Ostona shahar sudi Karim Masimovni davlatga xiyonat, hokimiyatni egallashga urinish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi moddalar bilan aybli deb topib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Shu yilning martida Qozog‘iston maxsus xizmatining sobiq rahbari mamlakat prezidentidan o‘zini afv etishni so‘ragan. Biroq, iyun oyida maxsus komissiya Masimovning iltimosnomasini rad etgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
-
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Marg‘ilonda 35 mln dollarlik city qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 11:43
Mavzuga oid

18:56 / 29.04.2025
Qozog‘iston xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbarining qasri ijtimoiy ehtiyojlar uchun musodara qilindi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025