Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qurilish firmasi 30 ta noyob daraxtni noqonuniy kesib tashladi
MChJlardan biri 31 ta daraxtni noqonuniy kesib tashlab tabiatga 260 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlangan.

Foto: Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi
Samarqandda qurilish firmasi 30 ta noyob daraxtni noqonuniy kesib tashlagan. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar “Bog‘imaydon” MFYda joylashgan 16-bog‘cha hududida qo‘shimcha 150 o‘rinli bino qurish va hududda qayta qurilish ishlarini olib borayotgan “Samarqand maxsus suv drenaj” MChJ tomonidan 31 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangan.
Jumladan, 30 tup diametri 6,6 santimetrdan 24,5 santimetrgacha bo‘lgan Eldor qarag‘ayi va 1 tup diametri 27 santimetr bo‘lgan terakni bog‘cha binosining yerosti qismini qazish vaqtida kesib tashlagani va ildizlarini yo‘q qilgani holati aniqlangan.
Olib borilgan tezkor o‘rganishlar jarayonida “Samarqand maxsus suv drenaj” MChJ tomonidan daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlanishi oqibatida tabiatga 260 620 000 so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin
O‘zbekiston | 21:41
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
Mavzuga oid

14:09
Samarqandda noqonuniy qurilgan 12 qavatli mashhur binoni buzish boshlandi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025