Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
Xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va obektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.

Foto: Kun.uz
Favqulodda vaziyatlar vazirining «O‘zbekiston aholi punktlari va obektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.
Xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va obektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.
Tuman (shahar) hokimliklari favqulodda vaziyatlar bo‘limlari orqali mahallalarga xavfsizlik pasportlarini shakllantirish haqida xabarnoma yuborishadi.
Xavfsizlik pasportlari 5 ta jadvaldan iborat bo‘lib, quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi:
- umumiy maydon, km;
- mahalla aholisi soni;
- mahalla xonadonlari soni;
- ko‘p qavatli/ yakka tartibdagi uylar soni;
- aholi zichligi;
- xavfi yuqori bo‘lgan obektlar soni;
- ijtimoiy va iqtisodiy obektlar soni.
Shuningdek, quyidagi aholi gavjum to‘planadigan obektlar soni ko‘rsatiladi:
- sog‘liqni saqlash muassasalari;
- maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari;
- savdo komplekslari;
- madaniyat va sport muassasalari;
- masjidlar.
Hujjatda o‘tgan yil davomida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar soni hamda favqulodda vaziyat natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning taxminiy miqdori ko‘rsatiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroil hujumlari tugamaguncha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi
Jahon | 06:56
-
Navbatdagi hujumlar: har ikki tomonda o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 06:52
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
Mavzuga oid

10:12 / 19.04.2025
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi

10:05 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

00:29 / 10.03.2025