O‘zbekistonda qariyb 40 millionga yaqin kitob fondi raqamlashtiriladi
Janubiy Koreyaning yetakchi nashrlarida biri The Korea Post jurnallari rasmiy saytida mamlakatda kitob o‘qishni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Foto: O‘zA
Unda qayd etilishicha, kutubxonalar ta’lim, madaniyat va jamiyat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, bilimga kirish, madaniy merosni saqlash va aqliy o‘sishni ta’minlash uchun bebaho manba hisoblanadi. Zamonaviy axborot jamiyatida ular har yoshdagi odamlarning ta’lim olishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishiga ko‘maklashuvchi muhim institut bo‘lib qolmoqda.
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini ommalashtirishga, aholida kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish va barcha uchun kutubxona va axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasida asosiy maqsadlar sifatida yosh kitobsevarlar sonini besh millionga yetkazish, har yili 100 ta badiiy asar va bolalar hamda o‘smirlar uchun 50 ta kitob yaratish, "O‘zbek adabiyoti xazinasidan" ko‘p jildlik va "Jahon bolalar adabiyoti durdonalari" 100 jildligini o‘zbek tilida nashr etish hamda qariyb 40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish belgilangan.
Mavzuga oid

20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi

11:24 / 22.05.2025
Mehmonxonaga hujjat taqdim etmay, MyID identifikatsiyasi bilan kirish mumkin bo‘ladi

09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi

08:55 / 19.04.2025