Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning yirik kompaniyasi Navoiyda jarrohlik uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Turkiyaga tashrifi chog‘ida ushbu davlat investorlari bilan viloyatda bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ularning eng muhimlari tibbiyot sohasi bilan bog‘liq.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Turkiyaning Yirik kompaniyasi Navoiy shahrida jarrohlik uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada safarda bo‘lib qaytgan. Viloyat mas’ullari turk kompaniyalari bilan investitsiya kiritish va bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Jumladan, Izmir shahrida Navoiy viloyati delegatsiyasi ishtirokida cog‘liqni saqlash sohasi, tibbiy va farmatsevtik vositalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari forumi bo‘lib o‘tgan. Unda Turkiyaning 20 dan ortiq yirik shirkatlari vakillari ishtirok etgan. Kompaniyalar vakillari va viloyat delegatsiyasi o‘rtasida B2B formatida muzokaralar o‘tkazilgan.
“SCA Cerrahi Aletler” shirkati bilan Navoiy shahrida jarrohlik uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bitim tuzilgan. “Memorial hospital” va “Lokman Hekim Saĝlik Grubu” tibbiyot majmualari bilan esa viloyatda tibbiyot universiteti va shifoxonalar qurilishi uchun 30 mln dollar investitsiya kiritilishi to‘g‘risida kelishuvlar imzolangan.
Shuningdek, “Öztaş Medikal” shirkatining Konimex tumanida tibbiyot sovutkichlarini ishlab chiqarish, “Data Teknik” shirkatining esa ortopediya protezlash vositalarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalari ko‘rib chiqilgan.
Avvalroq Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoyga tashrifi chog‘ida ushbu davlat investorlari bilan viloyatda pulli yo‘l qurish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 mlrd dollarlik investitsiya, 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr gaz – SOCAR bilan imzolangan bitim tafsilotlari
O‘zbekiston | 18:25
-
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20
-
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma
Iqtisodiyot | 17:52
-
“Navoiyuran” va NKMK xodimlari uran radioaktiv moddasini sotishga uringani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:32
Mavzuga oid

19:23 / 27.07.2025
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi

18:40 / 26.07.2025
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

08:20 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi

18:52 / 23.07.2025