Farg‘onada Lacetti haydovchisi sodir etgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi
Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. Hodisaga Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, o‘z yo‘lidan kelayotgan Jiguliga urilgani sabab bo‘lgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Quva tumanida Lacetti va VAZ-2101 ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun 2024 yil 8 iyul kuni 10:30 larda yuz bergan.
Quva tumani “Soyguzar” MFY hududidan o‘tgan, 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lida Lacetti bilan ketayotgan 25 yoshli R.O. boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
So‘ng ro‘paradan o‘z yo‘lidan kelayotgan VAZ-2101 mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda “Vaz-2101” rusumli avtomobil haydovchisi A.X og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Vaz-2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 1989 yilda tug‘ilgan A.D. va Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi R.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024