Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda Ark qo‘rg‘oni devoriga tirmashib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs jarimaga tortildi
29 yoshli yigit xorijlik va mahalliy sayyohlar ko‘z oldida Ark qo‘rg‘oni devoriga tirmashib chiqishga uringan. U bu qilmishi uchun BHMning 5 baravari – 1,7 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit Buxoro shahrining tarixiy markazi qismida joylashgan Ark qo‘rg‘oniga tirmashib chiqishga uringani haqidagi xabar tarqaldi. Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida sud hujjati bilan tanishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat 2024 yilning mart oyida bo‘lgan. Samarqand shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.A. xorijlik va mahalliy sayyohlar ko‘z oldida Ark qo‘rg‘oni devoriga tirmashib chiqishga uringan
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2024 yil 27 martdagi qarori bilan yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 64-1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga BHMning 5 baravari (1,7 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 64-1-moddasida moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish huquqbuzarligi nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish, ya’ni yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo‘li bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish, moddiy madaniy meros obektlarini, shu jumladan ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatiga dog‘ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek, moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekistonning birinchi elchisi Shri-Lanka prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 09:14
-
Vuchich rejissyor Kusturitsani davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 08:31
-
OAV: O‘zbekistonga 2017-2024 yillarda 188 mlrd dollar investitsiya kiritildi
Iqtisodiyot | 07:51
Mavzuga oid

08:23 / 24.07.2025
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

19:49 / 23.07.2025
Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

17:34 / 17.07.2025
Piskentda bank kassiri haydovchilar to‘lagan jarimani o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi

07:53 / 14.07.2025