Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Balashixadagi yotoqxonada yuz bergan yong‘inda besh kishi halok bo‘ldi
Moskva yaqinidagi Balashixa shahrida ikki qavatli binoda kelib chiqqan yong‘in o‘chirildi, aholi evakuatsiya qilindi, dedi shahar okrugi rahbari. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.

Foto: AP
Moskva yaqinidagi Balashixa shahrida 29 iyun, shanbaga o‘tar kechasi Keramicheskaya ko‘chasidagi ikki qavatli yotoqxona yonib ketdi. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, bir necha soat davom etgan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.
«Keramik mikrorayonida bugun tunda ikki qavatli turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi, ayni damda yong‘in to‘liq o‘chirildi», — deb yozdi shahar okrugi rahbari Sergey Yurov Telegram-kanalida. Unga ko‘ra, aholi evakuatsiya qilingan, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Interfaks»ga tayanib xabar berishicha, yong‘in oqibatida besh kishi qurbon bo‘lgan. Yong‘in maydoni 40 kvadrat metrni tashkil etgan. Yong‘inni o‘chirishga 63 nafar qutqaruvchi va 23 dona texnika jalb qilingan.
Yong‘inga elektr simlaridagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin
Favqulodda vaziyatlar xizmati agentlikka sodir bo‘lgan voqeaning bir nechta versiyalari ko‘rib chiqilayotganini, «asosiylari orasida simlar va elektr jihozlarining nosozligi, shuningdek, fuqarolardan birining olov bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lgani» borligini aytdi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati boshqarmasi ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi) moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
-
Reuters: AQSh Trampning buyrug‘i bilan birinchi marta Ukrainaga qurol yuboradi
Jahon | 14:46
-
Hakerlar Braziliya banklaridan 140 million dollar o‘g‘irladi
Jahon | 14:31
-
Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
O‘zbekiston | 14:24
Mavzuga oid

10:41
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi

10:03
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

23:00 / 10.07.2025
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

20:30 / 10.07.2025