Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bastrikin Rossiyada RF fuqaroligini olgan va harbiy hisobda turmagan 30 ming migrant «tutilgani»ni aytdi
Ulardan 10 ming nafari «okop qazish»ga yuborilgan.

Foto: Xolod
RF Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiyada yaqinda RF fuqaroligini olgan va harbiy hisobda turmagan 30 mingdan ortiq xorijlik aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u 27 iyun kuni Peterburg xalqaro yuridik forumidagi chiqishi davomida to‘xtalib o‘tgan.
«Biz fuqarolik olgan va harbiy hisobda turishni istamagan 30 mingdan oshiq shunday [migrant]larni ushladik, hisobga qo‘ydik va allaqachon 10 ming nafarini maxsus harbiy amaliyotga jo‘natdik», — degan Bastrikin. U huquq tartibot organlari «Konstitutsiya va qonunlardagi moddalarni hayotga tatbiq eta boshlagani»ni qayd etgan.
«Bizga aytishadi: „Bu o‘rtoqlar u yerda nima uchun kerak?“ — okoplar qazish va istehkomlar qurish. Buning uchun chindan ham kuchli ishchi qo‘llar kerak. Ular bugungi kunda bizning front ortidagi bo‘linmalarimiz saflarini to‘ldirishgan», — degan Tergov qo‘mitasi rahbari.
O‘z chiqishi chog‘ida Bastrikin Rossiyadagi migratsiya siyosatini o‘zgartirishni taklif etgan: «Menimcha, eng asosiysi — Rossiya migratsiya siyosatini o‘zgartirish, zarur narsalarni aniq asoslab olish, umuman, ichki resurslar bilan o‘z siyosiy, iqtisodiy, milliy va boshqa muammolarni hal qilishimiz kerak», — degan u.
Bastrikinning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarni jalb etishda milliy xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratish lozim. «Sovet o‘tmishi tajribasidan foydalangan holda vatandoshlarga munosib darajada kafolatlar beradigan ichki migratsiya faoliyati mexanizmini ishlab chiqish zarur», — deya qo‘shimcha qilgan Tergov qo‘mitasi raisi.
- Rossiya huquq-tartibot organlari muntazam ravishda mehnat migrantlari ishlovchi korxonalarda reydlar uyushtirib kelmoqda. Ularga chaqiruv qog‘ozlari topshirilmoqda yoki harbiy komissariatlarga olib ketilmoqda. RF fuqaroligiga ega bo‘lmagan migrantlarga esa, agar ular mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaydigan bo‘lsa, Rossiya pasportini tezlashtirilgan tartibda berish va’da qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

20:04 / 04.06.2025
«Dalillar barcha teraktlar Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilganini ko‘rsatmoqda». Bastrikin - Kursk va Bryansk oblastlaridagi portlashlar haqida

11:28 / 22.05.2025
Bastrikin Mariupolni blokadada bo‘lgan Leningrad bilan taqqosladi

10:50 / 06.12.2024
RF Tergov qo‘mitasi Qodirovning Bastrikinga qarshi da’volariga javob qaytardi

09:53 / 06.12.2024